
"So‘g‘diyona" endi "Paxtakor" va "Nasaf" bilan bir qatorda emas...
Superligada 7-tur bahslari yakunlandi. Shu turgacha musobaqada 3 ta jamoa mag‘lubiyat nima ekanligini bilmay kelayotgandi. Ular "Paxtakor", "Nasaf" va "So‘g‘diyona".
"Ajdarlar" va "sherlar" bu tur o‘zaro to‘qnashib, durang qayd etdi. Jizzaxliklar esa Olmaliqda AGMK bilan ro‘baro‘ kelib, 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Shu tariqa, Ulug‘bek Baqoev shogirdlari 7-turda mag‘lubiyat alamini ta’tib ko‘rdi.
Endi faqatgina "Paxtakor" hamda "Nasaf" Superligada mag‘lubiyatsiz odimlamoqda.
FAKT! "So‘g‘diyona" oxirgi marta bir o‘yinda uchta golni 627 kun oldin o‘tkazib yuborgan
Fikrlar