
Sofya Juk "Rolan Garros"ni omadli boshladi
Rossiyalik tennischi Sofya Juk "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" musobaqasining saralash bahslarini muvaffaqiyatli boshladi.
Parij shahrida o‘tkazilayotgan mazkur turnirda Sofya gollandiyalik Aranta Rusni 6:1, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa "French Open"ning ikkinchi davrasiga yo‘l olgan Juk endi gollandiyalik Lesli Kerkxove yoki lixtenshteynlik Katinka Fon Daychmannga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar