
Sofiya Gran-prisi. Shokin kutilmaganda imkoniyatni boy berdi
Bolgariyada taekvondo bo‘yicha Sofiya-2019 gran-prisining ikkinchi kungi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik olti nafar taekvondochi ishtirok etishidan xabaringiz bor. Bugun Nigora Tursunqulova, Dmitriy Shokin va Svetlana Osipova janglarda qatnashishadi.
Avgust oyida Germaniyada operatsiya qilingan Dmitriy Shokin 1/16 finalda xitoylik Sun Xongyiga qarshi qildi. Afsuski bu bahsda hamyurtimiz kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ydi - 1:7.
Fikrlar