
Sobiq jahon chempioni: "Daniel Dyubua bir jeb bilan Jeyk Polni nokaut qiladi"
Sobiq jahon chempioni, hozirda ekspert va sharhlovchi Toni Bellyu og‘ir vazn toifasida IBF kamari sohibi Daniel Dyubua va bokschi bloger Jeyk Pol o‘rtasidagi jang ehtimolini baholadi.
"Ha, bu ajoyib jang bo‘lardi, ammo Er sayyorasida emas, aksincha Marsda o‘tkazilganda...Dyubua hozirgi Tayson bilan solishtirganda butunlay boshqa daraja. Daniel birgina jeb zarbasi bilan Jeyk Polni nokautga uchratadi", - deb Bellyudan iqtibos keltirdi "talkSport".
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dyubua ham afsonaviy Mayk Taysonga qarshi ringga chiqmoqchiligini aytgandi.
Fikrlar