
Sobiq angliyalik futbolchi Bellingemning imkoniyatlari haqida gapirdi
Jo Koulning fikricha, Jud Bellingem "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishi mumkin.
"Bizda olmos bor. Siz shunchaki undan to‘g‘ri foydalana olsangiz bas.
Menga Bellingemning Xarri Keyn bilan birga o‘ynashi yoqadi. Jud golga yaqinroq zonalarda o‘ynashni xohlaydi. Barcha hujumkor futbolchilar uchun u kabi sherik orzu.
Ayrim pallalarda Jud pastroqda harakat qilishi mumkin. U buzish ishlarini ham yaxshi uddalaydi. Biroq uni hujumchi ortida o‘ynatsangiz, bu sizga ko‘proq imkoniyatlar taqdim etadi", - dedi angliyalik sobiq futbolchi.
Fikrlar