
Slot barcha zamonlar rekordini o‘rnatdi
Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich ikkinchi turida “Liverpul” o‘z maydonida Italiyaning “Bolonya” jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu g‘alaba liverpulliklar bosh murabbiyi Arne Slotni futbol tarixiga olib kirdi.
Slott qo‘l ostidagi jamoa mavsumning dastlabki to‘qqizta o‘yinida sakkizta g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bunaqasi “Liverpul”ning ko‘p yillik tarixida umuman kuzatilmagan.
“Liverpul” futbolchilari Angliya Premer-ligasida beshta, Evropa Chempionlar ligasida ikkita va Angliya ligasi kubogida bitta o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi.
45 yoshli Arne Slot “Liverpul”ni yozda qabul qilib olgan edi. U avval “Feyenor”ddan uch yil ishlagan. Uning boshqaruvida Niderlandiya jamoasi 145 ta uchrashuvda 94 ta g‘alaba, 27 ta durang va 24 ta mag‘lubiyat qayd etgan edi.
Fikrlar