
Skaloni: "Jamoalarni avvalgi jahon chempionati bilan solishtirish mantiqsizlikdir"
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Xorvatiyaga qarshi JCh-2022 yarim final uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bizni juda saviyali jamoaga qarshi qiyin o‘yin kutmoqda. Xorvatiyaning kuchini bilamiz, ular har doim yakdil harakat qilishadi va bu kabi raqiblarga qarshi o‘ynash har doim qiyin bo‘lgan.
Jamoalarni avvalgi jahon chempionati bilan solishtirish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi, deb o‘ylayman. Ammo ishonchim komilki, bu o‘yin qiyin bo‘ladi", — deydi Skaloni.
Eslatib o‘tamiz, Argentinaning Xorvatiyaga qarshi bahsi bugun tunda start oladi.
Fikrlar