“Siti”ga o‘tsam ahmoqlik bo‘ladi!

  • 4 oktabr, 2021, 17:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasida porlay boshlagan Luka Nets o‘ziga “Manchester Siti”dan qiziqish bo‘layotganiga munosabat bildirdi. 18 yoshli vunderkind mashhur grandning taklifiga rad javobini berdi.

Tecno

- Mening yoshimda “Manchester Siti”ga o‘tish ahmoqlik bo‘ladi. Hozircha hech qanday taklifni qabul qilmayman. Faoliyatimni rivojlashtirish borasida o‘z rejam bor. Angliya premer-ligasida o‘ynashga yoshlik qilaman, - dedi Luka Nets.

Luka Bundesligadagi eng yosh futbolchilardan hisoblanadi. U Germaniya chempionati yuqori ligasida joriy yilning boshida debyut qilgandi.

Yosh himoyachi joriy mavsumda beshta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!