
"Siti" yulduzi A Seriyaga keladi
“Yuventus” jamoa hujumkorligini oshirish uchun “Manchester Siti” hujumchisi Gabriel Jezusni A Seriyaga ko‘chirib kelmoqchi.
Xosep Gvardiola jamoasi Erling Xolandni transfer qilgani bois, braziliyalik hujumchining asosiy tarkibga kirishi ancha qiyinlashib qoladi. Shuning uchun ham “shaharliklar” hamkorligi yana bir yil davom etishi kerak bo‘lgan Jezusni yozda sotib, Xolandga sarflangan pullarning bir qismini qaytarib olishni rejalashtirmoqda.
Ayrim mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu transfer ko‘proq Jezusning tanloviga bog‘liq bo‘ladi. 25 yoshli futbolchi Turin superklubida asosiy to‘purar pozitsiyasini dushan Vlaxovich egallab turgani bois, Italiyaga kelmasligi mumkin.
Gabriel Jezusga “Arsenal” ustozi Mikel Arteta ham jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Kanonirlar” ustozi Angliya futboliga moslashgan Jezusni jamoaning asosiy hujumchisiga aylantirishga tayyor.
Fikrlar