“Siti” yo “Real”: Qimmatbaho o‘yinchi birini tanlashi kerak!

  • 14 sentabr, 2024, 13:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri Ernandes faoliyatida jiddiy o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda.

Tecno

28 yoshli futbolchiga “Real” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Har bir ispan futbolchisi faoliyati davomida “Real” yoki “Barselona”da o‘ynashni orzu qiladi. Rodrida bu imkoniyat bor.

Joriy mavsum yakunlanganidan keyin Rodri kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelishi kerak. U “Manchester Siti” bilan shartnomani yangilashi yoki “Real”ga ko‘chib o‘tishga rozilik berishi talab etiladi.

Rodri aslida futbol sir-asrorlarini Madridning ikkinchi klubi “Atletiko”da o‘rgana boshlagan. Keyinchalik “Vilyarreal” akademiyasiga ko‘chib o‘tdi.

“Atletiko” sobiq futbolchisini 2018 yili 20 million evro evaziga o‘z safiga qaytardi va bir o‘ynatib, “Manchester Siti”ga 70 million evroga sotib yubordi.

Bugungi kunda Rodri 130 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!