“Siti” posboni darvozasi tomon tepilgan so‘nggi 19ta penaltining 11tasini qaytarishga erishdi

  • 2 mart, 2018, 08:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning “Manchester Siti” klubi darvozaboni Ederson kecha premer-liganing navbatdagi turida “Arsenal”ga (3:0) qarshi bahsda Per-Emerik Obameyang tomonidan amalga oshirilgan penaltini bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

Qizig‘i shundaki, 24 yoshli braziliyalik posbon o‘z darvozasi tomon belgilangan so‘nggi 19ta penaltining (penaltilar seriyasi bundan mustasno) 11tasini bartaraf etishga erishdi.

Ma’lumot uchun, Ederson joriy mavsum APLning jami 28ta turida maydonga tushgan va shularning 12tasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!