“Siti” o‘yinchilari Gvardiolani yomon ko‘radi!

  • 23 may, 2022, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi va “Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Patris Evra “Manchester Siti”ning birorta o‘yinchisi bosh murabbiy Xosep Gvardiolani yaxshi ko‘rmasligini ta’kidladi.

Tecno

- Men “Manchester Siti”da Gvardiola yaxshi ko‘radigan birorta o‘yinchi borligini ko‘rmadim.  Murabbiy sifatida u benazir, lekin odamgarchiligi qanday ekanini bilmayman. Gvardiola "Barselona"da uning qo‘l ostida Messi, Inesta va Xavi bo‘lgani uchun katta g‘alabalarga erishgan.

Lekin hozirgi jamoasida bu o‘yinchilar yo‘qligi uchun Chempionlar ligasida hech narsa qila olmayapti, - dedi Patris Evra.

Chempionlar ligasi Xosep Gvardiola “Manchester Siti” bilan g‘alaba qozona olmagan qit’aning eng muhim musobaqasi hisoblanadi. Umumiy hisobda, ispaniyalik mutaxassis bu turnirda 11 yildan beri g‘alaba qozona olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!