Simeone: "Futbol kutmaydi – bor-yo‘g‘i faqat bugun bor"

  • 15 aprel, 12:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone La Liganing 31-turida "Real Valyadolid" ustidan 4:2 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘yin haqida fikr bildirdi.

– Biz yaxshi bilamizki, oson o‘yinlar yo‘q. Hammasini nazorat qilib bo‘lmaydi, buni bugun ham ko‘rdik. Futbol kutmaydi – bor-yo‘g‘i bugun, bugun, bugun bor. Jamoaviy harakatlar tufayli biz gollardan so‘ng to‘g‘ri reaktsiya qila oldik.

Rikelme haqida:

– Rikelme? O‘zi qanday o‘ynaganini so‘rang. U juda chaqqon va jamoaga kerakli narsalarni bajarishga e’tibor qaratadi. Mavsumni yaxshi boshladi, keyinroq kamroq o‘ynadi, ammo hozir u jamoa uchun kerakli ishni qilyapti, shu bois maydonda.

Rodrigo Riquelme of Atletico de Madrid during the La Liga EA Sports match between Atletico de Madrid and CD Leganes played at Riyadh Air...
 

Xulian Alvares haqida:

– Xulian juda zo‘r mavsum o‘tkazyapti. Bizga shunday futbolchi kerak edi. Uning sifatlari bizga juda kerak. U La Ligada 14 ta gol urdi, lekin biz unga shunday deymiz: "Levandovski ko‘proq urgan" (ko‘z yumdi va kulib javob berdi).

Julian Alvarez of Atletico de Madrid reacts to a missed opportunity during the La Liga 2024/25 match between Atletico de Madrid and Valladolid at...

Qayta-qayta kambek qilish haqida:

– "Sevilya" bilan ham shunday bo‘ldi, bugun ham. Penalti, devordan rikoshet bilan kirgan gollar – bular tasodif. Lekin eng muhimi – jamoaning reaktsiyasi. Juliano Simeone penalti ishlab oldi, gol urdi, keyin yana bosimni kamaytirdik.

Several players of Atletico de Madrid celebrate a goal during the La Liga 2024/25 match between Atletico de Madrid and Valladolid at Riyadh Air...

Ikkinchi taymni xotirjam boshladik, bu himoyada harakat qiluvchi jamoa uchun qulay. 15 daqiqadan so‘ng o‘yin o‘zgardi – biz xavfliroq harakat qildik, masofadan zarbalar berdik va raqibga o‘yinni qiyinlashtirdik. Oxirgi yarim soatda esa o‘zimiz istagan natijani qo‘lga kiritdik" - deya ta’rif berib o‘tdi argentinalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!