Simeone A Seriya grandini boshqarishi mumkin

  • 3 oktabr, 2024, 13:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning "Inter" klubi rahbariyati kelasi yil bosh murabbiyni o‘zgartirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Todofichajes portali sahifalarida xabar berildi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "neradzurrilar" amaldagi murabbiy Simone Indzagi o‘rniga "Atletiko" ustozi Diego Simeone nomzodini ko‘rib chiqmoqda. A Seriya grandi 54 yoshli argentinalik mutaxassisni 2025 yilning yozida o‘z tomoniga og‘dirishga harakat qilishadi.

Ta’kidlash lozimki, Simeone 2011 yildan buyon “matraschilar”ni boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa ikki marta Ispaniya chempioni bo‘ldi, Evropa Ligasi va Ispaniya kubogini qo‘lga kiritishdi.

Simone uchun "Inter" begona emas. Diego 1997-1999 yillarda ushbu jamoa safida to‘p surgan. U milanliklar tarkibida 57 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11 ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!