
Shuhrat Maqsudov "Bunyodkor"ning mag‘lubiyati haqida qanday fikr bildirdi?
“Bunyodkor” klubi 2-turda “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvda 3:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. O‘yindan keyin “qaldirg‘ochlar” bosh murabbiyi Shuhrat Maqsudov mag‘lubiyatni quyidagicha izohladi:
- Yosh futbolchilarimizga katta rahmat demoqchiman. Yangi “Bunyodkor”ning maqsadi shundayki, akademiyamizdan yosh o‘yinchilarni jalb qilganmiz. Asosiy tarkibda ularni maydonga tushiryapmiz. Bu yigitlardan qoniqish hosil qildim. Albatta, ularga tajriba etishmadi. Yaqin kelajakda terma jamoalarimizga shu yoshlarimizdan munosib o‘yinchilarni etishtirib berish vazifamiz sanaladi. Faqat natijadan qoniqmadim. “Qizilqum” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman.
Fikrlar