Shota Arveladze "Persepolis"ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

  • 5 mart, 2019, 22:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan biroz avval Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich dastlabki turida "Persepolis" mehmoni bo‘lgan "Paxtakor" 1:1 hisobida durang qayd etdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida “sherlar” ustozi Shota Arveladze o‘zining uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Birinchi navbatda ajoyib muhit bilan tabriklayman. Ular judayam yaxshi muhit hosil qilishdi. Bir o‘yinga 50 ming muxlis kelishi zo‘r. Biz qiyin o‘yin kutgandik. Ular standart vaziyat va uzun paslar orqali o‘ynashadi. Yaxshi o‘ynadik, ba’zan aniqlik etishmadi. Kun yakunida futbolchilarimni tabriklay olaman.

Eron futboli o‘tgan yili ajoyib natijalar ko‘rsatdi. Raqib finalda o‘ynaganini bilamiz. Hozir kimning musobaqada favorit ekanini ayta olmayman.

Biz o‘z o‘yinimizni namoyish etishga intildik. Hozircha yangi futbolchilar borligi sababli barcha jihatlarda o‘sishga erishishimiz kerak.

Bu erda futbolni sevishadi, o‘z vatanim va O‘zbekistonda ham shunday. Muxlislar o‘z jamoalarini quvvatlashi juda yaxshi holat”, - deydi gruziyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!