
Shota Arveladze iste’foga chiqarildi
Angliyaning quyi divizioni vakili "Hall Siti" bosh murabbiy Shota Arveladzening iste’foga chiqqanini ma’lum qildi.
Gruziyalik mutaxassis yanvar oyida "yo‘lbarslar" boshqaruvini qabul qilib olgan va o‘tgan mavsum Chempionshipda 19-o‘rinni egallagan. Ayni paytda jamoa ketma-ket 4 uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrab, 20-pog‘onada bormoqda.
Arveladze shtabidagi Piter van der Venga ham chiqish eshiklari ko‘rsatildi. Klubni vaqtinchalik Endi Douson boshqarib turadi.
Ma’lumot uchun, Shota 2017-2020 yillar oralig‘ida "Paxtakor" bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan.
Fikrlar