
"Sho‘rtan" murabbiyi yirik hisobdagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi
Bugun Pro-liganing 4-turida “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Yangier”ni qabul qildi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar murabbiyi o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
-Uchrashuvdan oldin “Yangier”ni o‘rganib chiqqan edik va o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Bugun bizni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan muxlislarga va futbolchilarga rahmat aytaman.
Bugungi o‘yindan oldin yigitlarga tezkor harakat qilish lozimligini aytgan edik, lekin tezkor gol uramiz deb kutmagandik.
Hamma bizni chiroyli o‘yin ko‘rsatayotganimiz haqida juda ko‘p gapirmoqda, ammo bugungacha natija yo‘q edi. Natija esa eng muhimi. Keyingi tur “Xorazm”ga qarshi safarda bo‘ladigan o‘yinda ham faqat g‘alaba uchun harakat qilamiz. Umid qilamizki, futbolchilarimizda bugungi o‘yindan so‘ng o‘ziga bo‘lgan ishonch yanada ortdi va mana shu ishonch bilan keyingi o‘yinda ham g‘alaba qozonamiz.
Ayni damda xizmat safarida bo‘lib turgan jamoamiz bosh murabbiyi Asror Aliqulov ham ertaga yurtimizga qaytib keladi va jamoaga qo‘shiladi.
Fikrlar