Shomurodovning keyingi manzili grand klub bo‘ladi(mi?)

  • 28 may, 2021, 06:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasini hujumchisi Eldor Shomurodovning Evromavsumning oxirida “Jenoa” tarkibida to‘purarlik mahoratini namoyish qilgani  yozgi transferlar vaqtida unga bo‘lgan qiziqishni oshiradi. Agar legionerimiz milliy terma jamoa safida Saudiya Arabistonida bo‘ladigan 2022 yilgi jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogi qo‘shma saralash turnirida ham o‘zini ko‘rsata olsa, transferlar davrida xaridorlari safi oshib ketishi haqiqatga  ancha yaqindir.

Tecno

Hozircha esa, xorij matbuoti Eldor Shomurodovning  ehtimoliy xaridorlari haqida yozmoqda. “Shamol bo‘lmasa daraxtning uchi qimirlamaydi” , degan naql borligini unutmagan holda, ushbu mulohazalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

160898097_4384410311569855_6504831346853920197_o

Eldorning qaysi xususiyatlari xaridorlarni jalb qilmoqda?

Shomurodov kuchli beshlik chempionatlaridagi ilk mavsumida jami 32 ta uchrashuvda 8 ta gol urdi va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi. Bu debyut mavsum uchun juda yaxshi ko‘rsatkich. Zero, Eldor “Rostov”da uch yarim yil davomida 79 ta o‘yinda 16 ta gol urgan edi.

Eldor hujumchi uchun o‘ta muhim hislatlar – darvozaga zarba berish, vaziyatlardan unumli foydalanish, mehnatsevarlik, tezkorlik, ikkala oyoqda va bosh bilan yaxshi o‘ynash, aqlli futbol namoyish etishni yaxshi o‘zlashtirgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Shomurodovga o‘xshab oddiy hayotda sokin va kamtar, maydonda esa haqiqiy jangchiga aylanadigan kurashuvchan futbolchilarni topish oson emas. O‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan, sportchilik sifatlari barqaror, moddiy manfaatdorlikni birinchi o‘ringa qo‘ymaydigan futbolchilar har qanday jamoaning orzusidir.

155806947_4350141621663391_1110451989335801421_o

Xo‘sh, Shomurodovga kimlar qiziqmoqda yoki uni qaysi jamoalar olishi mumkin?

“Yuventus”

Qishki transferlar mavsumining eng shov-shuvli xabari “Yuventus”ning Eldor Shomurodovga qiziqqani bo‘ldi. “Jenoa” rahbari ham klub bilan do‘stona aloqalarga ega bo‘lgan turinliklar o‘zbek futbolchisi haqida so‘raganini tan oldi va shu bilan birga Shomurodov mavsumni Genuyada yakunlashini ma’lum qildi.

Hozir bu transferning imkoniyati deyarli nolga teng. Agar “Yuventus” mavsum yakunida Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmaganida vaziyat o‘zgarishi mumkin edi. Shunday bo‘lgan taqdirda, klub rahbariyati tarkibni butkul yangilab, jamoani iste’dodli yoshlarni taklif qilgan holda boshqatdan tuzmoqchi edi. Endi esa, vaqt yo‘qotmaslik uchun jamoa o‘zagi saqlab qolinadi va ayrim nuqtalar kuchaytiriladi.

75fb25012ae08e1553a513b156598994

“Roma”

Mavsum yakuniga yaqin “Roma” Shomurodovga qiziqayotgani haqida xabarlar chiqdi. Bunga asosiy sabab, “Roma”ni kelasi mavsumga tayyorlaydigan Joze Mourino o‘zbek hujumchisi va uning atrofidagi mutaxassislar bilan shaxsan tanish ekanidir. Aytishlaricha, portugaliyalik mutaxassisga Eldorning himoyadan qarshi hujumga o‘tishdagi tezkorligi, taktik jihatda aqlli futbolchi ekani va himoyaga katta yordam berish qobiliyati yoqarkan.

158144865_4367517603259126_95205288438391258_o

“Atalanta”

“Atalanta” A Seriyaning eng “ruslashgan” jamoasi hisoblanadi. Gasperini qo‘l ostida rossiyalik Aleksey Miranchuk, ukrainalik Ruslan Malinovskiy va Viktor Kovalenko to‘p tepmoqda. Aslida bu jamoa hujumida kolumbiyalik to‘purarlar – Luis Muriel va Duvan Sapata ancha ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda.

Shomurodov esa “Atalanta” darvozasiga bir juft gol urib, nimalarga qodirligini amalda ko‘rsatib qo‘ydi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha,  Eldorning vaziyatga tez moslashuvchanligi va “Atalanta”ning o‘yin uslubi Shomurodovga to‘g‘ri kelishi bergamoliklarning qiziqishini uyg‘otishi mumkin.

180593856_4530722680271950_3245028747742442143_n

Bundan tashqari, keyingi paytda muntazam ravishda Evropa Chempionlar ligasida o‘ynayotgan “Atalanta” bosh murabbiyi Gasperini mavsum oxiriga kelib, jamoaga himoyalanish qobiliyatiga ega, tezkor qarshi hujumda ishonchli harakat qila oladigan hujumchiga ehtiyoj borligini bir necha marotaba ta’kidlagani ham bejiz emas.

Shomurodov zo‘rligini isbotlab qo‘ygan o‘yinda necha ballga loyiq ko‘rildi?

 Bizga Shomurodov kerak!

Shomurodovning bu “ishini” faqat futbolchi va murabbiylar biladi xolos!

Yaxshiyam Shomurodov bor ekan!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!