
Shomurodovni bu gal asosiy tarkibda ko‘ramizmi? Italiya nashrining taxmini (Foto)
Bugundan Italiya chempionatida 15-tur o‘yinlari start oldi. Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Roma" safarda o‘ynaydi.
Joze Mourino shogirdlari ertaga "Bolonya" maydonida mehmon bo‘ladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.
La gazzetta dello sport nashri ushbu bellashuv uchun taxminiy tarkiblarni tuzib chiqdi. Unga ko‘ra hamyurtimiz bu bahsda zaxiradan o‘rin oladi. Asosiy tarkibda Temmi Abraxam va Nikolo Dzanolo maydonga tushadi va ular hujumda birgalikda harakat qiladi.
Quyida mazkur uchrashuv uchun jamoalarning taxminiy tarkibi bilan tanishing:
Fikrlar