
Shomurodovga tanlash imkoniyati berilganida, u kimni "Jenoa"ga tavsiya qilgan bo‘lardi?
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini boshladi. Ushbu yig‘inga bosh murabbiy aksariyat legionerlarimizni chaqirib, asosiy tarkibni shakllantirishga harakat qilmoqda.
Italiyaning "Jenoa" klubi sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov ham yurtimizga etib keldi. Shu fursatdan foydalanib, O‘FA matbuot xizmati hujumchimiz bilan intervyu uyushtirdi. Quyida ushbu suhbatning bir qismini e’tiboringizga havola etamiz.
-O‘ylashimcha, Italiyada siz orqali o‘zbek futboliga qiziqish paydo bo‘ldi. Balki italiyalik skautlar sizdan o‘zingiz kabi futbolchilar haqida so‘ragandir. Shu haqida aytib bera olasizmi?
"Hozircha, yo‘q. Biroq u erda yosh iste’dodlarni doim kuzatib borishadi. Sababi, ularni kelajakda yaxshi jamoalarda o‘ynashini ta’minlash uchun harakat qilishadi".
MTJda bosim yuqorimi yoki "Jenoa"da? Shomurodov javob berdi
-Endi o‘zingizdan so‘ramoqchiman, agar sizga "Jenoa"da birga harakat qilish uchun bitta sherik tanlash imkoniyati berilsa, kimni tavsiya qilgan bo‘lardingiz?
"Juda qiyin savol bo‘ldi. To‘g‘risi, ba haqida o‘ylab ko‘rmagan edim. Aynan bir futbolchin tanlab ko‘rsatishga qiynalaman. Muhimi, terma jamoada birga harakat qiladigan yigitlardan bo‘lsa bo‘ldi.
"Bunyodkor"da o‘ynagan paytimda Doston Hamdamov bilan yaxshi tandem hosil qilgandik. Umuman olganda, maydon tashqarisida kim bilan ko‘proq muloqot qilsangiz, o‘yin davomida ham o‘sha futbolchi bilan yaxshiroq chiqisha olasiz. Shu sababli, aynan birorta futbolchini ajratib ko‘rsatmayman. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, men Italiyada u bilan ko‘proq suhbatlashish imkoniyatiga ega bo‘laman va bu maydonda ham bir-birimizni yaxshiroq tushunishimizga sabab bo‘ladi".
Eldor Shomurodov "Yuventus"ga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Fikrlar