
Shomurodovga qiziqish bildirgan jamoa Argentinadan forvard olib kelmoqchi
"River Pleyt" hujumchisi Rafael Santos Borre faoliyatini Rossiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
2019/20 yilgi mavsumda kolumbiyalik forvard Silvio Romero bilan bir xil ko‘rsatkich qayd etib, Argentina chempionatining eng yaxshi to‘purarligini qayd etgan edi. U o‘tgan mavsum 20 ta bahs o‘tkazib, 12 ta golga mualliflik qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, "River Pleyt" Borreni jamoada saqlab qolishni istaydi, ammo, buning uchun jamoa futbolchining 50 foiziga egalik qiluvchi "Atletiko"ga 3,5 mln evro to‘lab berishiga to‘g‘ri keladi. Bunday pullar Argentina klubida yo‘q!
Borre va "River" o‘rtasidagi bitim 2021 yilning yoziga qadar amal qiladi. O‘tgan yilning qishida Moskvaning "Spartak" klubi ham kolumbiyalikni o‘z tarkibida ko‘rishni istagandi.
Ushbu jamoadan 2017 yili "Zenit" Sebastyan Driussini xarid qilgan va Vilmar Barriosni ham aynan "River" klubidan tashrif buyurgan.
Fikrlar