Shomurodovga barbod bo‘lgan transferdan boshqa taklif yo‘q. Lekin “Roma”ning yangi rejasi bor!

  • 19 iyul, 2024, 18:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Yozgi transferlar davomida Eldor Shomurodov masalasi o‘zbekistonlik futbol ishqibozlarining diqqat markazida turgan mavzulardan bo‘lib qolaveradi.

29 yoshli futbolchimiz yangi chempionatni qaerda boshlashi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Huquqiy jihatdan legionerimiz yana “Roma” futbolchisiga aylandi. Biroq Shomurodov “Kalyari”dan qaytganidan keyin hali rimliklar bosh murabbiyi Daniele De Rossi ixtiyoriga etib borgani yo‘q. Hujumchi Parij Olimpiadasida qatnashadigan tarkib bilan nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Italiya matbuoti Eldor Shomurodovning kelajagi bo‘yicha so‘nggi axborotlarni e’lon qildi.

Sports.uz portali o‘zbekiston futbol ishqibozlari e’tiboriga xorij nashrlarining ma’lumotlarini havola etadi.

IL ROMANISTA gazetasi:

O‘zbek hujumchisi “Kalyari”dagi sarguzashtlaridan keyin Trigoriyada ko‘rinish bergani yo‘q. Yaqn o‘rtada mashg‘ulotlar bazasiga kelmasa ham kerak. Chunki Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi bilan Parijda bo‘ladigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mamlakati oldidagi burchi uni 9 avgustgacha terma jamoa ixtiyorida olib qolishi mumkin.

Olimpiada tugashi bilan Eldor klubdagi kelajagini hal qilishi talab etiladi. 29 yoshli futbolchining “Roma” bilan yana ikki yillik shartomasi qolgan.

“Roma” bir oy oldin “Kalyari”ning  Shomurodov transferi badalini 9 million evrodan tushirish bo‘yicha so‘rovini rad etganidan beri hujumchi masalasida hali birorta rasmiy taklif olgani yo‘q.

CORRIERE DELLO SPORT gazetasi:

“Roma” rahbariyati endilikda “Kalyari”ning sobiq o‘yinchisiga aylangan Eldor Shomurodovga yangi jamoa qidirmoqda.

Hujumchi O‘zbekiston terma jamoasi safida yozgi Olimpiya o‘yinlarida qatnashishi munosabati bilan yaqin o‘rtada Rimga qaytmasligi aniq. Balki Eldor bundan keyin ham Trigoriyada umuman ko‘rinish bermas.

Chunki Eldor Shomurodov o‘zi qatnashadigan Parij Olimpiadasida O‘zbekiston tarkibidagi o‘yinlari orqali hujum chizig‘iga yangi o‘yinchi qidirayotgan boshqa jamoalarning e’tiborini qozonishi ham mumkin.

 TUTTOMERCATOWEB.COM sayti:

“Roma”ning yangi sport direktori Floran Gisolfi transferlar bo‘yicha katta bosim ostida ishlashiga to‘g‘ri kelmoqda. Rahbariyat Marash Kumbulla, Nikola Zalevski va Eldor Shomurodovga yangi ish joyi topib berishi kerak. Bu futbolchilar bosh murabbiy Daniele De Rossining kelasi mavsum rejalariga kirmaydi.

Eldor Shomurodovning keyingi yillarda ijaradagi faoliyati juda zo‘r chiqqani yo‘q. Lekin Frantsiya poytaxti Parij shahridagi Olimpiya o‘yinlari O‘zbekiston terma jamoasi safida o‘ynaydigan hujumchiga yangi transfer imkoniyatlarini ochishi kutilyapti.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov 2020 yilning oktyabridan beri Italiya chempionatida ishtirok etib kelmoqda. Hozirgacha “Jenoa”, “Roma”, “Spetsiya” va “Kalyari” jamoalari sharafini himoya qilgan futbolchimiz A Seriyada 102 ta uchrashuvda ishtirok etib, 15 ta gol va 9 ta assist muallifi bo‘lgan.

Moskvaning “Spartak” jamoasi uchrashuv o‘tkazgani O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

Jahonning eng zo‘r bokschisi Krouford Madrimov haqida nimalar dedi? 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
19/07/2024 15:46
Цскага утсин Аббос-Элдор тандеми зор болади
Сохипов Хусанбой
18/07/2024 10:27
Узбекистонга кайтса хам булади, Элдор ёндиради чемптонатни
Шухрат Хусаинов
18/07/2024 00:07
Машъал кутяпти сани