
Shomurodovdan bunaqasini kutmagandik... “Roma”ni qutqara olmagan Eldorning o‘yini qanday baholandi?
UEFA tasnifiga kiruvchi nufuzli turnir - Evropa Ligasi umumiy guruh bosqichidagi ikkinchi tur uchrashuvida “Roma” Shvetsiyada “Elfsborg” jamoasi mehmoni bo‘ldi.
Rimliklar bellashuvda katta ustunlikka ega bo‘lganiga qaramay, mezbonlar penaltidan to‘p kiritib, g‘alabani ushlab qoldi.
Ilk bor boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgan Eldor Shomurodov har chand harakat qilmasin raqib himoya chizig‘ini yorib o‘tolmadi. 65-daqiqa o‘ynagan legionerimiz oxir-oqibat o‘rnini asosiy raqobatchisi Artyom Dovbikka bo‘shatib berishiga to‘g‘ri keldi.
Shvetsiyadagi uchrashuvni tahlil qilayotgan Italiya ommaviy axborot vositalari alamli mag‘lubiyatdan keyin “Roma” futbolchilari va bosh murabbiy Ivan Yurichni tanqid ostiga olmoqda.
Sports.uz portali Italiya manbalarining Eldor Shomurodovning o‘yiniga bergan bahosini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
Bu o‘yin “Roma” hali ham sakkiz yildan beri davom etib kelayotgan ayrim muammolarda qutila olmaganini ko‘rsatdi. Jamoa butun o‘yin davomida yuqori tempni ushlab turish va imkoniyatlardan samarali foydalanishni hali hamon yo‘lga qo‘ya olmagani ko‘rinib qolyapti. Hatto, ilk bor imkon berilgan Eldor Shomurodov ham yuqori sport formasida emasligi bilinib qoldi. To‘pni to‘sindan yuqoriga tepishdan boshqa hech narsa qila olmadi.
Bu holat Ivan Yurichga bosim o‘tkazyapti. U muxlislar tomonidan keskin tanqid qilinmoqda. Agar “Roma” Evropa maydonlaridagi maqsadlariga erishishni istasa, o‘zgarishlarni hozirdan boshlashi kerak.
Evropa Ligasining ikkinchi turida Ivan Yurich tarkibda katta o‘zgarishlarni amalga oshirdi. Lekin Abdulhamid Saud, Eldor Shomurodov va Matias Sule maydonda eng bo‘sh o‘ynagan o‘yinchilar bo‘ldi.
Eldor Shomurodov bu o‘yinda jamoasiga umuman foyda keltira olmadi. Bunaqasini hech kim kutmagan edi. Uning o‘rniga maydonga tushgan Artyom Dovbik o‘zbek futbolchisidan ustun ekanini namoyish qildi.
Eldor Shomurodov birinchi bo‘limda gol urish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi, lekin bundan foydalana olmadi. Unga to‘pni aniq etkazib bera olishmadi va oqibatda hujumchi o‘z ishini bajara olmadi. “Jenoa”ning sobiq hujumchisi va Dovbik darajasidagi farq bilinib turibdi.
Ivan Yurich mavsum starti qahramoni bo‘lgan Eldor Shomurodovdan ko‘proq narsa kutgandi. Lekin o‘zbekistonlik legioner hujum nuqtai nazaridan hech narsa qila olmadi.
Tommazo Baldantsi-Matias Sule-Eldor Shomurodov hujum uchligi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Yurich tomonidan tanlangan bu hujumkor futbolchilar maqsadiga etolmadi. G‘alabani ta’minlovchi biror aniv va xavfli zarba yoki o‘tkir hujum tashkil etilgani yo‘q.
Shomurodov hujum markazida samarasiz o‘ynadi. Birinchi bo‘limda yaxshi imkoniyat yuzaga keldi, lekin Eldorning zarbasi noaniq ketdi. Keyin esa, Shomurodov raqib himoyachilari orasida qolib ketdi. Uning harakatlari hech qanday foyda keltirgani yo‘q.
Husanov, Yamal va Bellingem – ular birga
Duel: Legionerimiz qozoqlarning 15 yillik orzusini chippakka chiqarishi mumkin...
Husanovga xushxabar!
Fikrlar