Shomurodov "Yuventus"ning bo‘lajak yulduziga ko‘maklashadi

  • 6 dekabr, 2020, 19:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" yarim himoyachi Luka Pellegrinini yozgi transfer oynasi vaqtida bir qancha futbolchilar qatori ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun ijaraga berdi.

Tecno

Turin klubi 2019/20 mavsumni "Kalyari"da ijarada o‘tkazgan himoyachini turinlik muxlislar e’tirozlariga qaramasdan, sentyabr oyida "Jenoa"ga yubordi.

O‘tgan davr mobaynida 8 ta o‘yinda maydonga tushgan italiyalik yosh futbolchi golli vaziyatlarda ishtirok etmadi, biroq "Yuve" rahbariyati genuyaliklar yozgi transfer oynasi vaqtida "Rostov"dan sotib olgan Eldor Shomurdov Pellegrinining o‘sishiga yordam berishiga umid qilmoqda.

Turinliklarning fikricha, baland bo‘yli Eldor "Jenoa"da qanotdan yuqorilatib uzatilgan paslarni zarbagacha olib borish bo‘yicha jamoadoshlari Goran Pandev va Marko Pyatstsadan yaxshiroq ko‘rsatkichga  ega. Shu sababli, "keksa sinora" rahbariyati Shomurodovning Rolando Maranning asosiy hujumchisiga aylanishiga umid qilgan holda, 21 yoshli himoyachini qishda chaqirib olmaydi va mavsum so‘nggigacha "Jenoa"da ijarada qoldiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!