Shomurodov yana 12 ta gol urishi kerak!

  • 8 iyun, 2021, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekison milliy terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogi qo‘shma saralash turnirining navbatdagi uchrashuvida Singapur futbolchilarini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Muhim uchrashuvdagi gollardan ikkitasiga Jaloliddin Masharipov,  qolganlari Eldor Shomurodov va Odil Ahmedov mualliflik qildi. Beshchi gol urilgan vaziyatda raqib himoyachisi Odil Ahmedovning zarbasini qaytarish chog‘ida to‘pni o‘z jamoasi darvozasiga joylab qoldi.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng, milliy terma jamoamiz to‘purarlari ko‘rsatikichlarida o‘zgarish yuz berdi. To‘g‘risi, ko‘plab muxlislarimiz bosh jamoamiz to‘purarlari reytingida uzoq yillardan beri birinchi o‘rinni egallab turgan Maksim Shatskixning rekordi yangilanishini kutmoqda. Va hozircha, bunga faqatgina Eldor Shomurodovning imkoni bor.

1601890781_shomurodov-o_kmhvdeb0zgrpjxdz6ej7ddhe33mwyi

O‘z davrida “Dinamo Kiev” safida Evropa futboli havosidan bahra olgan Maksim Shatskix milliy terma jamoamizdagi 15 yillik faoliyati davomida 61 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini 34 marotaba ishg‘ol qilgan.

Fursatdan foydalanib, quyida O‘zbekiston milliy terma jamoasi to‘purarlarining natijalariga nazar tashlaymiz.

Maksim Shatskix

Ukraina futbolida yorqin iz qoldirgan va ushbu mamlakat chempionatida eng zo‘r to‘purar bo‘lib turgan Maksim Shatskixning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi natijasi haqida yuqorida to‘xtatildik. To‘purar futbolchimiz yosh hujumchilarga har tomonlama etalon hisoblanadi. Bugungi kunda futbolimizda ko‘p gol ura oladigan hujumchilar noyob hisoblanadi.

89624-1581691436_1

Aleksandr Geynrix

O‘zbekiston, Rossiya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari va Qozog‘iston chempionatlarida o‘ynagan Aleksandr Geynrix milliy termamizda 98 ta uchrashuvda 32 ta gol urib, Shatskixning natijasiga juda yaqin kelgandi. Lekin rekordni yangilagunicha faoliyati tugab qoldi.

Mirjalol Qosimov

Faoliyati davomida sobiq Ittifoq, O‘zbekiston, Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari chempionatlarida to‘p tepgan Mirjalol Qosimov yarim himoyachi bo‘lishiga qaramay, gol urishda hujumchilardan qolishmas edi. U o‘zi o‘ynagan chempionatlarda doim to‘purarlik mahoratini namoyish qilib kelgan. Terma jamoada ham Mirjalol Qosimov 66 ta o‘yinda raqiblar darvozabonlarini 30 marta xafa qilgan edi. Ayniqsa, uning jarima zarbalari darvozabonlarni dahshatga solardi.

Server Jeparov

Mirjaloldan keyin pleymeykerlik vazifasini mahorat bilan uddalagan Server Jeparov terma jamoada eng ko‘p – 126 marta maydonga tushgan futbolchi sifatida tarixdan joy olgan. Bu o‘yinlarda yarim himoyachi 25 marotaba qaytarib bo‘lmas zarba ijro etgan.

1_1

Eldor Shomurodov

Evropaning kuchli beshlik chempionatlarida gol urgan o‘zbekistonlik yagona futbolchi – Eldor Shomurodovdan muxlislar ushbu reytingda Maksim Shatskixning rekordini urishini kutayotgani hech kimga sir emas.

Shomurodov “Jenoa”da boshlangan golli seriyasini milliy terma jamoada ham davom ettirmoqda. Hamyurtimiz 47 ta uchrashuvda 22 ta gol urdi. Maksim Shatskixning rekordigacha Eldorga yana 12 ta gol kerak. Uning yoshligi, o‘yini ochilib borayotgani, bir necha yillar davomida terma jamoa etakchi hujumchisi sifatida to‘p surishini inobatga olsak, Shatskixni rekordi yaqin fursatda yangilanishiga umid qilsa bo‘ladi.

Odil Ahmedov

Terma jamoamizning amaldagi sardori o‘yinlari sonini 106 taga etkazib, bu borada Server Jeparov bilan tenglashib oldi. Qolaversa, bosh jamoa safida 21 golini urib, Eldor Shomurodov  bilan raqobatlashmoqda.

Futtbol Odil Axmedov Uzbekistan

Igor Shkvirin

O‘z davrining eng zo‘r hujumchilaridan bo‘lgan Igor Shkvirin  sobiq Ittifoq, O‘zbekiston, Rossiya, Isroil, Malayziya, Hindiston kabi mamlakatlarda to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan. U sobiq Ittifoq, O‘zbekiston, Malayziya, Hindiston va Osiyo o‘yinlari g‘olibi hisoblanadi. Terma jamoamiz safida 31 ta o‘yinda 20 ta gol urgan.

Igor Sergeev

Igor Sergeev ham terma jamoa to‘purarlari reytingidagi ko‘rsatkichlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan kamsonli futbolchilardan. Hozircha, Sergeev hisobida 17 ta gol bor.  Hamyurtimiz Qozog‘iston chempionatida to‘purarlik mahoratini namoyish qilmoqda va hozir juda yaxshi formada.

Keyingi o‘yinlarda Vadim Abramov uni maydonga tushirsa, o‘z imkoniyatlaridan unumli foydalanishiga ishonamiz.

Ja’far Irismetov

Irismetov o‘zi o‘ynagan klublarning aksariyatida gollarni qalashtirib tashlagan. Yurtimizdan tashqari, Gretsiya, Belarus, Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Xitoy chempionatlarida to‘p tepgan. O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston chempioni bo‘lgan hujumchining terma jamoadagi ko‘rsatkichlari biroz kamtarroq. Ja’far bosh jamoamiz uchun 36 ta bellashuvda 15 ta gol urgan xolos.

Ulug‘bek Baqoev

Baqoevning ham klublardagi faoliyati terma jamoadagidan muvaffaqiyatli chiqqan. Ulug‘bek milliy jamoada 52 ta o‘yinda raqiblar darvozasini 14 marotaba ishg‘ol qilgan. Shu o‘rinda, u muhim uchrashuvlarda kerakli gollarni ura olganini ham tan olish kerak.

IMG_9415_1

Terma jamoamiz to‘purarlari orasida Eldor Shomurodov, Odil Ahmedov va Igor Sergeev Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan saralash turnirida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini 11 iyun kuni Yaman futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ашуров Бахтийор
08/06/2021 08:11
Худо хохласа Шомуродов Шацкихдан узиб кетади.