
Shomurodov Portugaliyaga boradi!
“Roma” futbolchilari ayni damda ta’tilini o‘tkazishmoqda. Ba’zilar terma jamoalari bilan musobaqalardan endigina qaytgan bo‘lsa, boshqalari UEFA Konferentsiyalar ligasidagi g‘alabani nishonlagandan so‘ng darhol ta’tilga chiqishgan edi. Biroq yozgi yig‘in boshlanish arafasida va barcha yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rishni istaydi.
"Roma"ning yangi mavsumga tayyorgarlikning asosiy qismini Portugaliyada o‘tkazadi va u erdagi yig‘in davomida 4 ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Shulardan ikkitasi "Sporting" va "Nitsa"ga qarshi bo‘ladi. Keyin esa yana Portugaliya va Ispaniya klublariga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazadi.
Avvalroq, klub "Tottenxem" (30 iyul) va "Barselona"ga (6 avgust) qarshi o‘yinlar o‘tkazishini ham e’lon qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya A Seriyasida yangi mavsumn taxminan 9 avgust kuni start olishi mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar
Бош редактордами дийманде хамма гап…