
Shomurodov Mourinoga ko‘rsatib qo‘yishi kerak! Uchta nufuzli nashr Eldorning asosiy tarkibda o‘ynashini yozdi
Bugun tunda – Toshkent vaqti bilan 01:00da “Roma” futbolchilari “Olimpiko” stadionida V Seriya vakili “Lechche”ni qabul qiladi.
Shu tariqa, “bo‘rilar” 100-marotaba tashkil etilayotgan Italiya kubogidagi yurishini boshlaydi. Rim klubi bu sovrinni shu paytgacha qadar to‘qqiz marta qo‘lga kiritgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha musobaqada 14 bor g‘olib chiqqan “Yuventus”dan ortda xolos.
Italiyaning futbolni yorituvchi eng nufuzli nashrlari Joze Mourino bir necha soatdan keyin start oladigan o‘yinga qaysi futbolchilarni tushirishi haqida fikr yuritib, o‘zlarining taxminiy tarkiblarini tuzib chiqmoqda.
Umumiy holatda, darvozabon o‘zgarishsiz qoladi va Ruy Patrisio har doimgidek o‘z o‘rnida bo‘ladi. Himoya markazi Rojer Ibanes va Marash Kumbulladan tarkib topadi. Ular atrofini Matias Vina, Rik Karsdorp va Eynsli Meytlend-Nayls egallashi kutilmoqda.
Tayanch zonani qo‘riqlash Brayan Kristante va Serjiu Oliveyraga topshiriladi. Hujum tashkil qilish vazifasi Genrix Mxitaryan va uni qo‘llab-quvvatlash Karles Peresga yuklanadi.
Hujumda doimiy to‘purar Temmi Abraxam va Mourinoga nimalarga qodirligini ko‘rsatib qo‘yishi lozim bo‘lgan Eldor Shomurodov o‘ynashi taxmin qilinmoqda.
Quyida Italiyaning ettita nufuzli nashri tanlagan taktik sxema va taxminiy tarkib bilan tanishib olishingiz mumkin bo‘ladi. Ulardan uchtasi Eldor Shomurodovning ilk daqiqalardan maydonga tushishiga ishonch bildirgan.
GAZZETTA DELLO SPORT (4-2-3-1): Ruy Patrisio; Rik Karsdorp, Rojer Ibanes, Marash Kumbulla, Matias Vina; Serjiu Oliveyra, Brayan Kristante; Karles Peres, Genrix Mxitaryan, Feliks Afena-Gyan; Temmi Abraxam.
CORRIERE DELLA SERA (4-2-3-1): Ruy Patrisio; Rik Karsdorp, Rojer Ibanes, Marash Kumbulla, Eynsli Meytlend-Naylz; Serjiu Oliveyra, Brayan Kristante; Karles Peres, Genrix Mxitaryan, Feliks Afena-Gyan; Eldor Shomurodov.
IL MESSAGGERO (4-2-3-1): Ruy Patrisio; ; Rik Karsdorp, Rojer Ibanes, Marash Kumbulla, Eynsli Meytlend-Naylz Serjiu Oliveyra, Brayan Kristante; Karles Peres, Genrix Mxitaryan, Feliks Afena-Gyan; Temmi Abraxam.
IL TEMPO (4-2-3-1): Ruy Patrisio; ; Rik Karsdorp, Rojer Ibanes, Marash Kumbulla, Eynsli Meytlend-Naylz Serjiu Oliveyra, Brayan Kristante; Karles Peres, Genrix Mxitaryan, Feliks Afena-Gyan; Temmi Abraxam.
LEGGO (4-3-3): Ruy Patrisio; Rik Karsdorp, Janluka Manchini, Rojer Ibanes, Matias Vina; Serjiu Oliveyra, Genrix Mxitaryan, Brayan Kristante; Feliks Afena-Gyan, Temmi Abraxam, Nikolo Dzanolo.
CORRIERE DELLO SPORT (4-2-3-1): Ruy Patrisio; Rik Karsdorp, Rojer Ibanes, Marash Kumbulla, Eynsli Meytlend-Naylz; Serjiu Oliveyra, Brayan Kristante; Karles Peres, Eldor Shomurodov, Feliks Afena-Gyan, Temmi Abraxam.
IL ROMANISTA (4-2-3-1): Ruy Patrisio; Rik Karsdorp, Rojer Ibanes, Marash Kumbulla, Matias Vina; Brayan Kristante, Serjiu Oliveyra; Nikolo Dzanolo, Genrix Mxitaryan, Eldor Shomurodov; Temmi Abraxam.
Ushbu uchrashuvda g‘olib chiqqan jamoa Italiya kubogining chorak finalida “Inter” bilan kuch sinashadi. Milanliklar nimchorak finalda “Empoli” futbolchilari ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi.
Shomurodovga yaxshi xabar!
Shomurodov oldida yangi sinov, balki endi ishi yurishar?
Mourino avjida. U yana bir futbolchiga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi!
Rasman: Shomurodovning sobiq jamoasi “Roma”dan futbolchi oldi
“Roma” hujumchidan voz kechib, yangi futbolchi transferini e’lon qildi!
Mourino shogirdlarini kechirmadi. “Roma” asosiy tarkib o‘yinchilaridan voz kecha boshladi!
“Roma”da yaxshi yangilik!
“Yuventus” “Roma” hujumidan futbolchi oladi. U kim ekan?
Fikrlar