Shomurodov: Eron bilan bahs Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘yinga qaraganda osonroq bo‘ladi

  • 8 oktabr, 2024, 19:40
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

10 oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida Eron bilan o‘z maydonida bahs olib boradi. Ayni damda futbolchilarimiz Toshkentda yig‘in o‘tkazmoqda. Bugun bo‘lib o‘tgan jarayon avvalida "oq bo‘rilar" sardori Eldor Shomurodov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi: 

- Yigitlar tayyorgarlikni kecha boshlagan. Hammasi yaxshi. Bugun men ilk mashg‘ulotni olib boraman. Tobora kam vaqt qolmoqda. Indinga o‘yin va mazkur bahsga hamma tayyor. 

- Kechagi intervyuda Masharipov murabbiy bilan bog‘lanib turibmiz degandi. Aynan qanday usulda bog‘lanib turibsizlar? 

- Birinchi navbatda yordamchi murabbiylar bor. Albatta, Katanetsning yo‘qligi noxush xabar. Biroq hamma kerakli ko‘rsatmalarni yordamchilari orqali etkazib turibdi. Kecha aytishganidek, biz Srechko bilan birinchi yil birga emasmiz. Hamma bir-birini yaxshi tushunadi. Shu sababli ortiqcha qiyinchilikka duch kelmaymiz va hammasi yaxshi bo‘ladi. 

- Kerak bo‘lsa, Katanetsning o‘zi bilan ham gaplashaveramiz. Telefon bor, ammo hali bu hodisa sodir bo‘lmadi. 

- Eron va BAA bilan o‘yin haqida

- Birinchi navbatda Eron bilan o‘yinimiz bor va bunga jiddiy tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Yaxshi tomoni shundaki, biz muxlislar ko‘z oldida o‘ynaymiz va ushbu ikki bahsda 6 ochko qo‘lga kiritishga xarakat qilamiz. O‘ylaymanki, bunga kuchimiz etadi. 

- Eron bilan bahs guruh peshqadamligini hal qiladimi? 

- Hali bu haqda gapirishga erta. Sababi, endi ikkita tur bo‘lib o‘tdi. Muhimi, 3 ochko olish. Bizning asosiy vazifamiz - JChga chiqish. Birinchi yoki ikkinchi o‘rin bilan, bu ahamiyatga ega emas. 

- Dastlabki ikki bahsda o‘xshash uchrashuvlar bilan g‘alaba qozondik. Biroq keyingi raqiblar ancha jiddiy. Bu vaziyatda murabbiyning yo‘qligi bosh og‘riq bo‘lmaydimi? Umuman olganda, mazkur ikki o‘yinda taktik o‘zgarishlar bo‘ladimi? 

- Albatta, avvalgi uslubda o‘ynashda davom etamiz. Hech qanday yangliklar bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Yangi uslub uchun ko‘p vaqt talab etiladi. 

- Kuchli jamoalarga qarshi ilk o‘yinlarni o‘z maydonimizda o‘tkazishimiz foydami yoki bosim yuklaydimi? 

- Albatta, bu foydamizga ishlaydi. O‘z uyingda devorlar ham yordam beradi deyishadi. Eron bilan uchrashuv Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘yindan osonroq bo‘ladi. Sababi, qo‘shnilarimiz ko‘proq himoyada harakat qiladi. Forslar bilan umuman boshqacha bahs bo‘ladi. Sababi, biz ularni yaxshi bilamiz va so‘nggi yillarda ko‘p o‘zaro bahs olib bordik. 

- Eron bizga qarshi qanday taktikada o‘ynagani qulayroq? 

Eron qanaqa o‘yin ko‘rsatishidan qat’i nazar o‘zimizning o‘yinimizni ko‘rsatishimiz muhim. O‘zimiz xohlaganday harakat qila olsak, ularning qanday o‘ynashi ahamiyat kasb etmaydi. 



 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
faxriddin bozorov
09/10/2024 17:14
Элдор, ростини айтсам, сен яхши ўйнамаяпсан! Италидаям ўйининг чиқмаяпти. Сенга нима бўлди? Ҳаракат қил ахир, сенга шунча қоракўз қараб турибди. Ўзингни қўлга ол, нима бўлди сенга! Эртага зўр ўйнаб 2 та гол ургин! Бизнинг ҳам кўксимизга шамол тегсин!