Shomurodov bugun asosiy tarkibda o‘ynaydi!

  • 21 oktabr, 2021, 16:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Roma” futbolchilari UEFA Konferentsiyalar ligasi guruh bosqichining uchinchi turida Norvegiyada “Budyo-Glimt” jamoasi mehmoni bo‘ladi.

Tecno

Rimliklar bosh murabbiyi Joze Mourino uchrashuvda asosan kam o‘ynayotgan futbolchilar xizmatidan foydalanishga qaror qilgani aytilmoqda. Chunki rimliklarni yakshanba kuni A Seriyaning markaziy bahsi – musobaqa peshqadami va hali ochko yo‘qotmagan yagona jamoa – “Napoli”ga qarshi to‘qnashuv kutib turibdi.

27e7bc43c89b8e77e39826a87d8b5187_1

Portugaliyalik mutaxassis Konferentsiyalar ligasining safar o‘yinidan keyin oldinda juda muhim bahs turganini inobatga olib, asosiy futbolchilarni ehtiyotlash maqsadida ularning aksariyatiga bugun dam berishga qaror qilgan. Qolaversa, har ikki turnirdagi holatga ko‘ra, A Seriya o‘yini “Roma” uchun muhimroq ahamiyat kasb etadi.

Rimliklar Italiya chempionatida to‘rtinchi pog‘onada turganiga qaramay, sakkizta turda ko‘p ochko yo‘qotdi va agar bu gal ham mag‘lubiyatga uchrasa, musobaqa jadvalidagi kuchli uchlik vakillari – “Napoli”, “Milan”, “Inter” oradagi farqni yanada oshirishi, ta’qib qilayotganlardan uchta jamoa – “Latsio”, “Atalanta” va “Yuventus” ulardan o‘zib ketishi, yana ikkitasi – “Bolonya” hamda “Fiorentina” quvib etishi mumkin.

Konferentsiyalar ligasida esa “Roma” guruhdan chiqishga asosiy nomzod va yuz foizlik natija bilan yakkapeshqadam bo‘lib turibdi. “S” guruhi vakillari orasida Rim klubi saviyasi “Budyo-Glimt” , TsSKA Sofiya va “Zarya”nikidan sezilarli darajada yuqori. Umuman olganda esa, Mourino shogirdlari butun turnirning eng kuchli jamoalaridan biri sifatida bosh sovringa da’vogar.

Shu bois, Italiya matbuoti Joze Mourino Norvegiyadagi uchrashuvda boshlang‘ich tarkibda etakchi futbolchilarning ayrimlari birga asosan o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyatini kutayotgan o‘yinchilarni o‘ynatishi haqida yozmoqda. Mashhur nashrlardan bir nechtasi, xususan, “IL TEMPO”, “LEGGO”, “IL MESSAGGERO”, “GAZZETTA DELLO SPORT”, “CORRIERE DELLO SPORT”, “IL ROMANISTA” jurnalistlari bir xil taxminiy tarkib tanlagani qiziq bo‘ldi.

Ularning yozishicha, Mourino darvozani 33 yoshli darvozabon Ruy Patrisioga topshiradi. Himoya markazidan Marash Kumbulla va Rojer Ibanes, qanotlarda yoshlardan Brayan Reynolds va Rikkardo Kalafori harakat qiladi.

OAV vakillari taxminiga ko‘ra, maydon markazida Amadu Diavara va Ebrima Darbo raqib hujumlarini kutib oladi. Stefan El-Shaaravi, Gonsalo Vilyar va Karles Peres uchligi rimliklarning hujumlarini tashkil qilishga e’tibor qaratadi.

Nihoyat, italiyalik jurnalistlar va ekspertlar fikriga binoan, markaziy hujumchi vazifasini Eldor Shomurodov bajarishi kerak.

20081143_0_0_3073_1728_1920x0_80_0_0_65c3147f9292257cfb121a2bb2ea91a9

Ushbu bahsga Norvegiyaning Budyo shahridagi “Aspmira” stadioni mezbonlik qiladi.

- Bu erda o‘ynash juda qiyin, lekin men nolimayman. Norvegiyaliklar sifatli sun’iy qoplamali maydonga ega, bu ularning mamlakatida qabul qilingan tendentsiya. Nikolo Dzanolo va Rik Karsdorp “Budyo-Glimt”ga qarshi aniq o‘ynamaydi, chunki oldinda “Napoli” bilan o‘ta muhim uchrashuv bor va ularni o‘ynatib, tavakkal qilishni istamayman.  Tarkib o‘zgartiriladi. Biz “Budyo-Glimt”ni o‘rganib chiqdik. Bu kuchli va mustahkam yaxshi jamoa, - dedi Joze Mourino.

Ma’lumotlarga qaraganda, Norvegiya klubiga qarshi uchrashuvda Joze Mourino nomini tilga olgan ikki o‘yinchidan tashqari Temmi Abraxam, Lorentso Pellegrini, Janluka Manchini, Genrix Mxitaryan, Jordan Veretu, Brayan Kristante, Matias Vina ham boshlang‘ich tarkibga kiritilmaydi.

Ayni paytda Konferentsiyalar ligasining “S” guruhida “Roma” olti ochko bilan birinchi o‘rinni egallab turibdi. To‘rt ochkoga ega “Budyo-Glimt” guruhdagi asosiy raqobatchi hisoblanadi. Ukrainaning “Zarya” va Bolgariyaning TsSKA jamoasi hisobida bittadan ochko bor.

photo_2021-08-20_08-27-55

“Budyo-Glimt” va “Roma” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.

Shomurodovga yanada qiyin bo‘ladi. Mourino Angliyadan yana bir yulduz hujumchini olmoqda!

Legionerimiz jamoasiga yordam berolmaydi, ustozi esa klubni tark etadi!

Shomurodovga yanada qiyin bo‘ladi. Mourino Angliyadan yana bir yulduz hujumchini olmoqda!

Mourino: Konor MakGregorga yo‘q deyolmadim!

Shomurodov zimmasidagi ishni Pellegrini bajarmoqda!

Evropadagi legionerlarimiz: Alamli mag‘lubiyat, bitta gol va tuzalmagan jarohat!

Aqling bo‘lsa, “Roma”ga o‘t!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
21/10/2021 22:08
Баттар бўл Жозе Маур Будё Глт 2:0 ҳозирча. Элдорни тушрмади...
&
Бухорий Шариф
21/10/2021 22:01
Шомуродовни яна асосийда туширмади бу Жозе Маур к...т баттар бўл. Бунё Глмтдан 1:0 ет турибди.