Shohjahondan "kaltak egan" bokschi endi Fazliddin bilan mushtlashadi

  • 11 may, 2019, 11:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Rio Olimpiadasi chempioni, ayni paytda professional boksda yorqin faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Fazliddin G‘oibnazarov o‘zining navbatdagi jangini bugun 11 may kuni AQShning Arizona shtatida joylashgan "Convention Center" arenasida mezbon bokschi Makl Foksga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Yodingizda bo‘lsa, Maykl Foks shu yilning 15 fevral kuni boshqa bir hamyurtimiz Shohjahon Ergashevga qarshi ringga ko‘tarilib, faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi. Ta’kidlash joiz, Foks 20 jangidan qolgan 19 tasida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, yurtdoshimiz shu paytgacha professional boksda 7 bor jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!