
Shohjahon amaldagi jahon chempioniga yutqazib qo‘ydi. To‘rtinchi yo‘qotish
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
-86 kg vazn toifasida Shohjahon Abdullaev ozarbayjonlik Alfonso Domingez bilan ringga ko‘tariladi. Jang 20:45dan so‘ng boshlanadi.
Bokschilar ringga chiqib keldi. Bokschimiz ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qiladi.
Birinchi raund Shohjahonning foydasiga - 4:1.
Ikkinchi raundda Alfonso Domingezning qo‘li baland keldi - 1:4.
Uchinchi raundda ham Alfonso Domingez ustunlikka erishdi - 2:3. Yakuniy hisob 2:5, ozarbayjonlik bokschi yarim finalda.
Fikrlar