"Shaxtyor" Konoplyanka uchun qancha to‘ladi?
"Shalke"dan "Shaxtyor"ga o‘tgan Evgeniy Konoplyankaning transfer tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
Xabar berilishicha, Konoplyankaning transferi uchun donetsliklar 1,5 mln evro to‘lab berishgan.
Futbolchi "Shaxtyor" bilan 3 yillik bitimga imzo chekdi.
Eslatib o‘tamiz, Konoplyanka "Shalke"ga 2016 yili "Sevilya"dan kelgan edi.
O‘tgan mavsumda, Bundesliganing 13 ta uchrashuvida maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta assistlik vazifasini bajardi.



Fikrlar