
Shaxmat Olimpiadasi. Yigitlarimiz ishonchli, qizlarimiz yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi
Hindistonning Chennay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon shaxmat Olimpiadasining uchinchi kuni nihoyasiga etdi.
Quvonarlisi, 3-kunda vakillarimiz g‘alabani tantana qildi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi Slovakiya ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, ayollar jamoamiz zambiyalik raqibalariga umuman imkoniyat qoldirmadi, 4:0.
Shu tariqa, yigitlarimiz 2 tadan g‘alaba va durang qayd etgan holda, 6 ochko jamg‘ardi. Qizlarimizda esa 4 ochko bor.
Fikrlar