Shaxmat Olimpiadasi. Ikki bahsda kuchlar teng keldi, ikki o‘yin davom etmoqda

  • 9 avgust, 2022, 13:23
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Hindistonning Chennay shahrida o‘tkazilayotgan shaxmat Olimpiadasi o‘zining qizg‘in pallasiga kirib ulgurdi.

Tecno

Bugun Niderlandiya jamoasiga qarshi bahs olib borayotgan vakillarimiz ikkita durang qayd etdi. Nodirbek Abdusattorov Anish Giri bilan, Nodirbek Yoqubboev Yorden van Forest bilan durang o‘ynadi. Hozircha, yana ikkita bellashuv davom etmoqda.

Javohir Sindarov Benyamin Bokka qarshi, Jahongir Vohidov Maks Uormerdamga qarshi dona suryapti. Quvonarlisi, kompyuterlar har ikki shaxmatchimizning ehtimoliy g‘alabasini qayd etmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!