Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov mukofot jamg‘armasi 400 ming dollarlik turnirdagi g‘alabali yurishini davom ettirmoqda

  • 26 oktabr, 2022, 12:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Ayni kunlarda Islandiyada shaxmat bo‘yicha “World Fischer Random Chess Championship” jahon chempionati o‘tkazilmoqda.

Tecno

Ushbu musobaqada hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda. Hamyurtimiz 1-turda rossiyalik Yan Nepomnyashiyga qarshi dona surdi va g‘alabaga erishdi. 2-turda esa amerikalik Uesli So taslim etildi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

U endi navbatdagi o‘yinini islandiyalik Xyyorvar Steyn Gretarssonga qarshi o‘tkazadi. Guruhda g‘olib bo‘lgan shaxmatchi yarim finalda qatnashish huquqiga ega bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, musobaqaning mukofot jamg‘armasi 400 ming AQSh dollarini tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!