
Shaxmat. Hamyurtimiz kuchli beshlikda. Bugun bahslar davom etadi
Xabar berib o‘tganimizdek, Polshada shahmat bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. Kecha blits yo‘nalishida 12 ta turda bahslar olib borildi. Unda yosh shaxmatchilarimizdan biri Javohir Sindarov 8.5 ochko jamg‘arib 4-o‘rinni egallab turibdi. Bir kun oldin rapid yo‘nalishida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Nodirbek Abdusattorov esa biroz omasiz boshladi. Abdusattorov va Shamsiddin Vohidov 6.5 ochko bilan mos ravishda 68 va 69-pog‘onalarni band qilgan bo‘lsa, Jahongir Vohidov 98-o‘rindan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun musobaqaning so‘nggi kuni bo‘lib, shaxmatchilar yana 9 turda o‘zaro kuch sinashadi. Bahslar Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.
Fikrlar