
Shaxmat bo‘yicha jahon kubogi ikkinchi bosqichida hamyurtlarimiz raqiblari ma’lum bo‘ldi, Nodirbek Abdusattorov ham bahslarni boshlaydi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli turnir - "FIDE jahon kubogi" bo‘lib o‘tmoqda. Kecha o‘tkazilgan 1-tur tay-brek bahslarida Shamsiddin Vohidov ozarbayjonlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Oldinroq, Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboev muvaffatiyatli keyingi bosqichga o‘tgan edi. 2-raunddan esa Nodirbek Abdusattorov ham musobaqada o‘z ishtirokini boshlaydi. Ularning raqiblari bilan tanishing.
Nodirbek Abdusattorov -Vahob Sanal (Turkiya)
Javohir Sindorov - Markus Ragger (Avstriya)
Nodirbek Yakubboev - Benjamin Gredura (Vengriya)
O‘yinlar klassik yo‘nalishdagi 2 ta partiyadan iborat bo‘lib, bir kunda bir partiya o‘tkaziladi. Kuchlar teng kelsa, keyingi kuni tay-brek bahslariga murojaat qilinadi.
Fikrlar