
Shatskix "Paxtakor" tarixiga kirdi
Maksim Shatskix "Paxtakor" tarixida eng ko‘p akademiya tarbiyalanuvchisidan foydalangan murabbiy bo‘ldi. Bu haqda "sherlar" matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha Gruziyaning "Samgurali" jamoasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida Superliga amaldagi chempionlari qiziq holat bilan tarixga kiradigan bo‘ldi. Asosiy tarkibning 11 nafar futbolchisi ichida Sanjar Quvvatovdan tashqari qolgan barcha futbolchilar "Paxtakor" akademiyasi tarbiyalanuvchilari bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Gruziya klubiga qarshi kechgan bellashuv "sherlar"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Fikrlar