
Shakur Stivenson kutilmagan qaror qabul qildi
Engil vazn toifasida WBC yo‘nalishi chempioni Shakur Stivenson(21-0, 10 KO) kutilmaganda professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
“Men rasman boksdagi faoliyatini yakunlayman. Men doimo sport zalida bo‘laman, o‘z mahoratimni oshiraman, kelajak avlodning buyuk bo‘lib etishishiga va ularning orzulari sari qadam tashlashiga yordam beraman", – deb yozdi Stivenson X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Mag‘lubiyatga uchramagan bokschining bunday qaroriga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Stivenson 17 noyabr kuni AQSh ning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan Top Rank oqshomining asosiy baxsida o‘zining so‘nggi chiqishini namoyish etgan edi. Amerikalik juda zerikarli kechgan to‘qnashuvda dominikanlik Edvin de los Santosni hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etgandi.
Fikrlar