Shaker Zuagi Eldor Shomurodov haqida: O‘zbek futbolchisining Evropada o‘ynaydigan vaqti kelgandi

  • 10 oktabr, 2020, 22:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z vaqtida “Bunyodkor” tarkibida to‘p surgan tunislik Shaker Zuagini muxlislar yaxshi bilishadi. U o‘sha paytlarda Eldor Shomurodov bilan birga to‘p surgandi.

Tecno

Uning “Jenoa”ga o‘tgani hamma qatori Zuagini ham befarq qoldirmadi. Shu munsoabat bilan sports.uz saytiga intervyu berdi.

-  Sobiq jamoadoshingiz – Eldor Shomurodovning Italiya A seriyasiga ko‘chib o‘tganiga qanday qaraysiz?

-  Uning uchun juda ham xursandman. To‘g‘risi, o‘zbek futbolchisining Evropada o‘ynaydigan vaqti kelgandi. Bu esa o‘z navbatida milliy terma jamoa uchun ham juda foydali bo‘ladi. Umid qilamanki, Shomurodov Italiyada muvaffaqiyatga erisha oladi. Tushunib turibman, bu aslo oson bo‘lmaydi. Biroq Eldorda muvaffaqiyatga erishish uchun kerakli sifatlar va zarur mentalitet bor.

-  Shomurodov bilan bog‘liq qanday xotiralarni eslay olasiz?

-  Shomurodov har doim kulib yurardi. Esimda, Sardor Rashidov “Bunyodkor”dan ketganida biroz tushkunlikka tushib qolgandik. Qolaversa, oldinda biz “Al-Shabab”ga qarshi jiddiy o‘yin ham kutib turgandi. Bizga esa g‘alaba juda zarur edi. O‘sha uchrashuvda Shomurodov ikkita gol urgandi. O‘shanda tushungandimki, bizda Rashidovdan ham yaxshiroq bo‘lgan yangi futbolchi borligini bilganman.

zuagi2

-  Shaker, o‘sha paytlarda Eldorning keyinchalik faoliyatida mana shunday ko‘tarilishlar bo‘lishini sezarmidingiz?

-  To‘g‘risi, yo‘q. Ko‘pchilik singari uni ham arab jamoalaridan biriga boradi, deb o‘ylagandik. Ammo bunday bo‘lib chiqmadi.

-  Sizningcha, hamyurtimiz Italiyada kuchli hujumchilar bilan raqobatlashish uchun barcha fazilatlarga egami?

-  Barchasi o‘ziga bog‘liq. Agar u o‘z ustida yaxshi ishlasa muvaffaqiyatlarga  erisha oladi. Men bunga ishonaman.

-  O‘zi bilan oxirgi marta qachon gaplashgandingiz?

-  Ochig‘i, buni eslay olmayman.                       

-  So‘nggi paytlarda o‘zbekistonlik o‘yinchilarning Rossiya va yana boshqa chempionatlarga yo‘l olishayotganini bilasizmi?

-  Rosti, Rossiya chempionatida o‘ynayotganlari haqida bilaman, ammo boshqa chempionatlardagi futbolchilar xususida bilmayman.

zuagi3

-  Ko‘proq kimlar haqida bilasiz?

-  Bilamanki, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Sardor Rashidov, Vitaliy Denisov...eslay oladiganlarim shular.

-  Italiya chempionatini tomosha qilasizmi? Asosan kimga muxlislik qilasiz?

-  13 yoshimdan beri “Inter” bilan “Milan”ning muxlisiman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!