
Shahzod Ubaydullaev: Milliy termaga kelganda mas’uliyat boshqacha bo‘ladi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3 sentyabr kuni Tojikiston termasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik bahsida 2:1 hisobida g‘alaba qozonganini yaxshi bilasiz.
Mazkur bellashuvda terma jamoamiz ustozi Vadim Abramov tarkibda bir qator yangi o‘yinchilarni ham sinab ko‘rdi. Ulardan biri “Metallurg” hujumchisi Shahzod Ubaydullaev edi va u Tojikistonga qarshi bahsda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Iqtidorli futbolchi taassurotlarini quyidagicha izohladi:
- Debyutdagi birinchi o‘yin har doim qiyin bo‘ladi. Boz ustiga bu milliy terma jamoadagi o‘yin edi. Xudoga shukr, ilk o‘yinimda gol urishga muvaffaq bo‘ldim. Bundan keyin ham, yanada yaxshiroq o‘ynashga harakat qilaman. Termaga kelganda mas’uliyat boshqacha bo‘ladi. Ortingizda vatan turadi va siz, albatta vatan uchun o‘ynaysiz. Tojikistonga qarshi birinchi marta o‘ynadim. Umuman olganda, yaxshi o‘yin bo‘ldi.
Fikrlar