
"Shabab Al-Ahli" murabbiyi AGMKga qarshi o‘yin oldidan nimadan bunchalik xursand bo‘ldi?
Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turi doirasida Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" jamoasi AGMKga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin oldidan dubayliklar bosh murabbiyi Mahdi Ali matbuot anjumanida ishtirok etdi:
"Navbatdagi uchrashuv biz uchun juda muhim. "Al-Hilol"ga yutqazganimizdan keyin bu bahsning qiymati oshib ketdi. Har ikki kunda o‘yin o‘tkazish qiyin, ammo biz futbolchilarimizga ishonamiz.
Birinchi turda durang o‘ynadik, AGMK ham huddi shunday natija qayd etdi. Ketma-ket ikkita o‘yinni bitta jamoaga qarshi o‘tkazamiz. Bu uchrashuvlar orqali saralash bosqichiga chiqish imkoniyatlarimizni saqlab qolamiz yoki undan uzoqlashamiz. Ijobiy natijaga erishish uchun ehtiyotkor bo‘lishimiz lozim.
Oldingi bahsdagi mag‘lubiyat jismoniy omil bilan bog‘liq emas. O‘yin davomida omad bizdan yuz o‘girdi. Maydon markazida brak paslar ko‘p bo‘ldi. Umid qilamanki, endi hammasi yaxshi bo‘ladi. Qolaversa, Masharipov qaytdi. U jismoniy va ruhiy tomonlama tayyor", - dedi murabbiy.
Fikrlar