"Shabab Al-Ahli" futbolchisi: Yutqazishga haqqimiz yo‘q

  • 23 aprel, 2021, 19:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionlar ligasi "A" guruhi 4-tur doirasidagi "Shabab Al-Ahli" - AGMK uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dubayliklar yarim himoyachisi Abdalla Al Naqbi ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi. 

Tecno

"Xudo xohlasa ertangi o‘yinga hamma tayyor. Bu jamoamiz uchun muhim bahs. Yutqazishga haqqimiz yo‘q. Bizning maqsadimiz – g‘alaba qozonish. Doim yaxshi o‘yin ko‘rsatamiz va  bizni musobaqaga qaytaradigan ijobiy natijalarga erishiga intilamiz", -dedi futbolchi. 

Ma’lumot uchun, "Shabab Al-Ahli" va AGMK o‘rtasidagi bahs ertaga 00:00da start oladi. Mazkur jamoalar o‘rtasidagi avvalgi o‘yinda Mirjalol Qosimov shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Masharipov jamoasi qiyin ahvolda! "Shabab Al-Ahli" murabbiyi AGMKga qarshi o‘yin oldidan nimalar dedi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!