
Sexudo Xabibni kuchlilar qatoriga kiritmadi
UFC ikki divizionining sobiq chempioni Genri Sexudo MMA tarixidagi eng kuchli 4 ta jangchi kimlar ekanini aytib o‘tdi.
"Sizningcha MMA olamidagi eng kuchli 4 jangchi kimlar? Demetrius Jonson, Jon Jons, Anderson Silva va Rendi Kutyur. Qani ketdik..." - deb yozdi Sexudo o‘zining "Instagram" sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Sexudo "UFC 249" doirasida so‘nggi jangini o‘tkazib, kutilmaganda faoliyatini yakunlashi haqida aytib o‘tgandi.
Fikrlar