
Serxio Ramos Madrid derbisi rekordchilari qatoriga kirdi
Kecha Ispaniya chempionati 22-turi doirasida "Santyago Bernabeu"da Madrid derbisi bo‘lib o‘tdi. Unda "qaymoqrangliklar" 1:0 hisobida "Atletiko Madrid"ni mag‘lub etishdi.
Ushbu bahs "Real" va Ispaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Serxio Ramos uchun faoliyati davomida Madrid derbilaridagi 42-o‘yin sifatida qayd etildi.
Bu esa unga poytaxt derbilarida maydonga tushish bo‘yicha Manuel Sanchis va Fransisko Xento natijasiga etib olish imkonyatini berdi.
Fikrlar