
Serbiyalik forvard "Yuventus"ni tark etishi mumkin
Serbiyalik forvard Dushan Vlaxovichning "Yuventus"dagi kelajagi so‘roq ostida.
Turin klubi hujumchi agarda shartnomasini uzaytirmasa, mavsum oxirida uni sotib yuborishi mumkin. Serbiya milliy terma jamoasining 24 yoshli futbolchisi hozirda "Yuventus" bilan 2026 yilning iyunigacha amal qiladigan shartnomaga ega.
"Keksa sinora" sport direktorining so‘zlariga ko‘ra, Vlaxovichning kelajagi bo‘yicha muzokaralar dekabr oyida boshlanadi.
Ayni damda futbolchining maoshi soliqlarsiz yiliga 24 million evroni tashkil qiladi.
Dushan Vlaxovich bu mavsum A Seriyaning 7 ta o‘yinida maydonga tushib, 5 ta gol kiritishga erishdi.
Fikrlar