
Sem Kuerri Parijda jarohat oldi
Frantsiyaning Parij shahrida "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Rolan Garros" musobaqasining asosiy to‘r bahslariga start berilgani haqida xabaringiz bor.
Unda amerikalik tennischi Sem Kuerri asosiy bosqichda o‘ynashi kerak edi. Afsuski, u qorin mushaklaridagi jarohat tufayli musobaqani erta yakunlashga majbur bo‘ldi.
Shu tariqa Kuerri o‘rniga asosiy to‘rning birinchi davrasida shveytsariyalik Genri Laaksonen ishtirok etadigan bo‘ldi.
Fikrlar