Sayyoramizning eng badavlat klubi qaysi?

  • 29 yanvar, 2021, 09:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina «The Athletic» nashri ajoyib statistikani taqdim etdi. Ushbu suratda eng qimmat tarkibga ega klublar o‘rin egallagan. Havo rang ushbu tarkibni shakllantirish uchun sarflangan pullarning hajmini bildirsa, to‘q ko‘k tarkibning ayni damdagi umumiy transfer narxini ko‘rsatib turadi.

Tecno

pdf

E’tiborlisi shundaki, bu ro‘yxatda «Liverpul» boshqalardan ancha ilgarilab ketgani yaqqol ko‘rinib turibdi. Mersisaydliklar futbolchilarni arzonroq narxda olishi va ularni superyulduzga aylantirishi evaziga ro‘yxatda etakchilik qilmoqda. Bundan tashqari, «Enfild» egalari akademiyasidan chiqqan futbolchilar ham bu statistikaning yaxshilanishiga asosiy sabab. Birgina Trent Aleksander-Arnoldning jamoada ekanligi so‘zimizga isbot bo‘la oladi.

So‘nggi yillarda «Liverpul» «Aston Villa» bilan deyarli bir xil summani transferlar uchun sarflagan bo‘lsa-da, tarkibning umumiy qiymati borasida birmingemliklardan ancha ilgarilab ketgan.

Bunday rivojlanish ortida jamoaning sport direktori – Maykl Edvardsning tutgan o‘rni beqiyos. To‘g‘ri, Maykl o‘zining 10 yillik faoliyati davomida qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. Aspas, Borinni, Balotelli, Kerrol singari futbolchilar uning g‘oyalari asosida xarid qilingan edi. Tan olish lozim, Maykl o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqardi va ish unumini bir necha barobar oshirishga muvaffaq bo‘ldi. Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, Maykl Brendan Rojers bilan bir necha bor janjallashib qolgan ekan. Murabbiy o‘zi tanlagan futbolchilarni jamoaga olib kelish uchun rahbariyatga bir necha bor bosim o‘tkazgach, Balotelli va Lazar Markovich sotib olingan. Rojers bilan kelisha olmagan Maykl Yurgen Klopp bilan yaqindan aloqa o‘rnatishga qaror qildi. U bilan xonalarini yonma-yon joylashtirdi. Shu tariqa, klub sport direktori murabbiy va jamoa futbolchilari bilan do‘stona aloqa o‘rnatdi.

lauщklщkulaщka

E’tiborlisi shundaki, Saloh transferiga avval boshidan Klopp qarshi bo‘lgan. Murabbiy Yulian Brandtni klubga olib kelmoqchi ekanligini aytadi. Maykl esa, o‘z do‘stini Salohning transferiga ko‘ndiradi. Edvards omadsiz startga qaramay, o‘z harakat yo‘nalishini o‘zgartirishga ulgurdi. U aynan transferlarni tahlil qiluvchi katta jamoani yo‘naltirdi. Ular futbolchilarni va boshqa chempionatdagi iqtidorlarning o‘yinini tahlil qilishi va ularning qay biri klub falsafasiga mos ekanligini aniqlab berishi lozim. Bu loyiha tez orada o‘zining mahsulini berdi.

lukщlщuklщkuщluk

Bundan tashqari, Edvard klubning uzoq yillik an’analariga chek qo‘yishga qaror qildi. «Liverpul» jamoasi Janubiy Amerika va Evropa chempionatlarini kuzatib borish uchun har bir liga uchun bittadan skaut yo‘llar edi. Yangi sport direktori esa, ligadagi skautlar sonini bir necha barobar ko‘paytirdi. Shu tariqa, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat paydo bo‘ldi. Bu ish unumining keskin ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Avvallari motivatsiyasiz faoliyat olib borgan mutaxassislar ishga qattiq berilishga majbur bo‘lishgani turgan gap. Bundan tashqari, jamoa o‘z skautlari uchun maxsus o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini tashkil etishni boshladi. Ularga Kloppning o‘yin sxemasiga mos tushuvchi futbolchilar qanday bo‘lishi haqida tushuncha berildi.

tsulщlщtsulщluvts

To‘g‘risi, bugungi «Liverpul»ning har jabhada ulkan g‘alabalarga erishayotgani ortida ko‘plab insonlarning mehnati mavjud. Ular orasida doimo soyada qolib ketuvchi Maykl Edvardsni alohida e’tirof etish lozim. 30 yillik tanaffusdan so‘ng, mersisaydliklar APL tojini qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor. Sovrinni tantanali qabul qilib olish jarayonida Vudvord har doimgidek ishtirok etmadi. U EChL oltin medallari topshirilgan uchrashuvda ham VIP sektordan o‘yinni tomosha qilgan va muxlislar qarshisida ko‘rinish bermagan edi. Hozirda, klub og‘ir ahvolga tushib qolgandek, biroq bu vaqtinchalik holat. Sababi, klubning jonkuyar rahbarlari vaziyatdan chiqib ketishning eng foydali yo‘lini izlashda davom etishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!