Saudiya klublari Brunoga 100 million evro berishga tayyor

  • 13 noyabr, 2023, 18:25
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh Saudiya klublarining radarida. "Transfer News Live" nashri xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni vakillari Fernandesh uchun "qizil iblislar"ga 100 million evro taklif qilmochi.

Bruno 29 yoshda va deyarli to‘rt yildan beri "Manchester Yunayted"da o‘ynamoqda. Joriy mavsum portugaliyalik yarim himoyachi 17 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Saudiya klublari moliyaviy imkoniyatlari katta bo‘lgani uchun yozda Evropadan yuqori maqomga ega futbolchilarni faol ravishda xarid qilishni davom ettirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!